AvtoDrom24 ilovasi Google Play'da: 3D avtodrom imtihonini telefoningizda internetsiz mashq qiling. Bepul, APK qidirish shart emas.
Haqiqiy avtomobil boshqaruvi bilan brauzeringizda 3D avtodrom mashqlarini bajaring! Barcha 12 ta rasmiy mashq (Estakada, Parallel parkovka, Boks garaj, Zmeyka) va datchiklar mexanizmi 100% rasmiy standartda.
O'zbekiston Yagona Imtihon Markazlarida (YIM) amaliy imtihon 100% inson omilisiz, sensorlar, lazerlar, GPS va bort plansheti nazoratida o'tadi.
Nazariy testdan o'tgan nomzodga individual QR-kod beriladi. Belgilangan mashinaga yolg'iz o'tirib, planshet kamerasiga QR-kod ko'rsatiladi. Tizim shaxsingizni tasdiqlaydi.
O'rindiq va yon ko'zgularni sozlang, xavfsizlik kamarini taqing. Datchiklar kamar va qo'l tormozi holatini tekshiradi. Chap burilish chirog'i bilan start zonasiga kiring.
Planshetdagi ovozli diktor har bir zonani e'lon qiladi. Magnit sensorlar chiziq bosilishini, lazerlar esa konusga tegishni va estakadadagi 30 sm orqaga ketishni (otkat) millisekundlarda qayd etadi.
Finish chizig'ida to'xtab, neytralka va qo'l tormozi ko'tariladi. Agar jarima ballaringiz 99 dan oshmagan bo'lsa — imtihon topshirildi va guvohnoma rasmiylashtiriladi.
Har bir mashqning bajarilish tartibi, datchiklar sezgirligi, xato turlari va topshirish sirlari (layfxaklar).
Kamarni taqing, qo'l tormozini tushiring va start ishorasidan keyin harakatni boshlang.
Stop-chiziq oldida to'liq to'xtab, so'ng harakatni davom ettiring.
Qiyalikdagi stop-chiziq oldida to'xtab, orqaga sirpanmasdan harakatni boshlang.
Tor yo'lakda ketma-ket chapga va o'ngga burilish, chiziqlarni bosmasdan.
Boksga kirib, avtomobilni qarama-qarshi tomonga qayirib oling ("hovli").
Svetofor ishorasiga amal qiling va burilishda burilish chirog'ini yoqing.
Konuslar orasidan to'lqinsimon traektoriya bo'ylab bir maromda o'tish.
Yo'l chetidagi cho'ntakka orqa bilan kirib, chiziqlarni bosmasdan to'xtash.
Tartibga solinmagan kesishma: stop-chiziq oldida to'liq to'xtab, so'ng o'ting.
To'g'ri qismda tezlikni oshiring, keyin xavfsiz sekinlashing.
Diktor signali bilan marshrutning istalgan joyida darhol to'xtash.
Finish zonasida to'xtab, diktorning imtihon yakuni haqidagi xabarini kuting.
O'zbekiston imtihon markazlarida qaysi xato uchun qancha jarima bali yozilishini hisoblang. 99 ballgacha jarima to'plansa — imtihon topshirilgan hisoblanadi.
Ruxsat etilgan maksimal jarima: 99 ball. 100 ball bo'lsa imtihon to'xtatiladi.
🎙️ Ovozli Trenajyorni Sinash ➔Haqiqiy imtihon mashinasida planshet diktori qanday ovozda buyruq va xatolarni e'lon qilishini eshiting va ko'nikma hosil qiling.
Imtihondagi eng qiyin vaziyatlar bo'yicha bilimlaringizni sinab ko'ring va xatolardan saqlaning.
Imtihonga borishdan oldin va mashinaga o'tirganda quyidagi barcha bandlarni bajarganingizga ishonch hosil qiling.
Logitech G29, Thrustmaster, PXN kabi o'yin rullari va 3 ta pedallar (Gaz, Tormoz, Sseplenie) bilan kompyuteringizni to'liq avtotrenajyorga aylantiring.
Haqiqiy avtomobil kabi 2.5 marta to'liq aylanuvchi rul dinamikasi.
Gaz va tormozning silliq bosilishi, estakadada ushlab turish hissi.
Smartfon ekranida aylanuvchi rul, gaz va tormoz pedallari orqali istalgan joyda mashq qilish.
O'zbekiston YIM qoidalariga ko'ra, nomzod 0 dan 99 ballgacha jarima to'plasa imtihon topshirilgan hisoblanadi. Agar jarima ballari 100 ballga yetsa, imtihon darhol to'xtatiladi va 'Yiqildi' natijasi qayd etiladi.
Statistika bo'yicha nomzodlarning 70% dan ortig'i Estakadada (orqaga 30 sm dan ko'p ketib qolish yoki dvigatelni o'chirish) hamda Parallel parkovkada (orqa g'ildirak bilan sariq chiziqni bosib qo'yish) xato qiladi. Avtodrom24 simulyatori aynan shu murakkab mashqlarni yuzlab marta xatosiz mashq qilishga yordam beradi.
Amaliy imtihondan o'ta olmagan nomzod kamida 7 kundan keyin qayta topshirish uchun navbatga yozilishi mumkin. E'tibor bering: Nazariy imtihon natijasi 2 oy davomida amal qiladi. 2 oy ichida amaliyot topshirilmasa, nazariya qaytadan topshiriladi.
Yagona Imtihon Markazlarida amaliy imtihon 100% inson omilisiz o'tkaziladi. Avtomobilda inspektor o'tirmaydi — mashinada faqat nomzodning o'zi bo'ladi. Barcha buyruqlar va xatolarni bort plansheti va sensorlar avtomat qayd etadi.
Ha, biz O'zbekistondagi barcha avtomaktablar va o'quv markazlari bilan B2B litsenziya asosida hamkorlik qilamiz. Biz maxsus avtotrenajyor dasturini kompyuterlarga o'rnatib, o'quvchilar natijalarini kuzatish tizimini ulab beramiz.
Oliy toifali avtomaktab instruktorlari va YIM datchik tizimlari ekspertlari tomonidan tayyorlangan maxsus qo'llanmalar.
Yagona Imtihon Markazlarida amaliy imtihondan o'tish bo'yicha 12 ta majburiy mashq tahlili: estakada, parallel parkovka, garaj, zmeyka va jarima ballarisiz topshirish sirlari.
Mexanika (MKPP) va avtomat (AKPP) karobkada estakada mashqini bajarishning ishonchli usullari. Ruchnikdan to'g'ri foydalanish, gaz va tsexpleniyeni ushlash nuqtasi.
Avtodromda parallel parkovkani 1-urinishda topshirish algoritmi: ko'zgularni to'g'ri sozlash, 45 gradus burchakni topish va datchik chiziqlariga tegib ketmaslik sirlari.
Tor oraliqda avtomobilni orqa bilan boksga joylashtirish bo'yicha amaliy qo'llanma. Yon ko'zgulardagi masofani o'lchash va ikkilamchi uzatmadan saqlanish.
Biz bilan bog'laning, mutaxassislarimiz dasturni o'rnatish va sinab ko'rishda yordam berishadi.
Farg'ona shahar
3D avtodrom imtihonini telefoningizda internetsiz mashq qiling. Bepul.
Yuklab olingGoogle Play